Google koporatsiyasining Ispaniya poytaxti Madrid shahridagi idoralarida firibgarlik yuzasidan qidiruv ishlari olib borilmoqda. Bu haqida El Mundo gazetasi ma'lum qildi.
Unga ko‘ra, gap kompaniyaning Madriddagi ikki idorasi haqida bormoqda, Pikasso Minorasi binosi ham shular jumlasidandir. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, tintuv QQS to‘lovi va norezidentlar solig‘i bilan bog‘liq.