FT: Lady Gaga va Coldplay Yevrokomissiyaga YouTube'dan arz qilishdi

Jamiyat 17:17 / 30.06.2016 6870

Lady Gaga, Coldplay, Abba hamda boshqa qo‘shiqchi va guruhlar Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunkerga kollektiv xat yo‘llab, unda YouTube videoservisini musiqachilarning daromadlaridan mahrum qilishda ayblashdi. Bu haqida Financial Times xabar qildi. 

Shikoyat xatini jami mingdan ortiq artist imzoladi. Pop yulduzlari musiqiy kliplarning YouTube'da ko‘rilishi va xonandalarning daromadi o‘rtasidagi farqning oshib borayotganini ta'kidlashdi. 

YouTube vakilining so‘zlariga ko‘ra, kompaniya qo‘shiqchilar va ovoz yozish studiyalari bilan hamkorlik qilib kelmoqda hamda ularga reklamadan daromadlar ajratmoqda. To‘lov miqdori 3 milliard dollarga baholanmoqda. 
 

Ko‘proq yangiliklar: