AQShdagi 25 ta badavlat oilaning umumiy mablag‘i 722 mlrd dollarni tashkil etmoqda, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga qaraganda 11 mlrd dollarga kamayganini anglatadi. Ushbu ma'lumotlarning Amerikaning Forbes jurnali e'lon qilgan.
Ma'lumotda keltirilishicha, qayd etilgan oilalar AQShdagi yirik korporatsiya va korxonalarning egalari hisoblanadi. Ular orasidagi ayrimlarining moddiy poydevoriga 1800 yillarda asos solingan. Jurnal eng boy oila sifatida Walmart univermaglar tarmog‘i egasi hisoblanmish Uoltonlar oilasini ko‘rsatgan. Oilaning moddiy ta'minoti 130 mlrd dollarni tashkil etgan. O‘tgan yili ushbu natija 149 mlrd dollarni qayd etgan edi.
Ikkinchi o‘rinda Koxlar oilasi bormoqda, ular hisobida 82 mlrd dollar mablag‘ bor. Aka-uka Charlz va Devid Koxlar tasarrufida AQShdagi eng yirik xususiy kompaniya hisoblanmish Koch Industries kiradi. Uchinchi o‘rinda Mars oilasi 78 mlrd dollar mablag‘ bilan kirgan. Ular dunyoga mashhur Mars Inc. Shirinliklar ishlab chiqaruvchisini boshqarishadi.
Forbes bahosiga ko‘ra, o‘tgan natijalarga ko‘ra, 25 oiladan 12 tasining puli kamaygan, 10 tasiniki esa ortgan. Ikkita oilaning natijasi o‘shandayligicha qolgan.