“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Farg‘ona viloyat Kengashining katta majlislari zalida O‘zbekiston mustaqilligining yigirma besh yilligiga bag‘ishlab «25» nomli aksiyasiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Unda tegishli boshqarma, tashkilotlar xodimlari, faol yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda «Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!» shiori ostida o‘tkaziladigan «25» aksiyasida yoshlar o‘rtasida mustaqillik davrida qo‘lga kiritilgan yutuqlarning mazmun-mohiyatini targ‘ib etuvchi ijodiy ishlar tanlovi haqida atroflicha fikrlar bildirildi.
Aktsiya doirasida «Mustaqillik mening taqdirimda» mavzuida taqdimotlar tanlovi, «Eng ulug‘ va eng aziz» shiori ostida eng sara video va audiotabriklar, «Vatanimga dil izhori» shiori ostida fotosuratlar va videoroliklar tanlovi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mazkur tanlovlarda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etish mumkin.