Facebook lentadagi yangiliklar uzatish algoritmiga yana o‘zgarish kiritadi

Fan-texnika 00:47 / 30.06.2016 3295

Facebook kompaniyasi foydalanuvchilar lentasidagi yangiliklar uzatish algoritmida navbatdagi o‘zgarish bo‘lishi haqida e'lon qildi. Bu xabar tarmoq blogida yozib qoldirilgan

Algoritmning avvalgi yangilanishi 2016 yilning fevral oyida joriy qilingan bo‘lib, u foydalanuvchilar boshqalarga ulashish va izoh qoldirishni istaydigan postlarni chiqarib berishga yo‘naltirilgan edi. Endi esa navbatdagi yangilanishda foydalanuvchilar lenta boshida o‘zlarining yaqin do‘stlari va qarindoshlari qoldirgan postlarni ko‘rishadi. Shuningdek, asosiy e'tibor fotosuratlar va videolarga qaratiladi.

Algoritm foydalanuvchilarning faolligini tahlil qilib boradi. Shunday qilib, agar feysbuk foydalanuvchisi oila a'zosi qilib belgilangan kishining suratiga layk qo‘ysa yoki izoh qoldirsa, tarmoq aynan shu insonning fotosuratlarini lentaning eng avvaliga ko‘taradi. 

Yangi algoritm yaqinlashib kelayotgan bir necha hafta ichida o‘z ishini boshlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: