Yevro-2016’da Istanbuldagi terakt qurbonlari xotirasini yod etishga ruxsat berilmadi

Sport 08:00 / 30.06.2016 4469

UYeFA Yevro-2016’ning chorakfinal uchrashuvlari oldidan Istanbul aeroportidagi terakt qurbonlari xotirasini bir daqiqalik sukut saqlash bilan yod etishga ruxsat bermadi. Chorakfinal uchrashuvlari bugun, 30 iyunda Polsha va Portugaliya o‘rtasidagi uchrashuvdan boshlanadi. Bu haqda UYeFAdagi manbalarga iqtibos keltirgan holda Associated Press muxbiri tvitterda ma'lum qildi.

Jurnalist ma'lumotlariga ko‘ra, UYeFAda motam aksiyalari fojia futbol yoki Yevro-2016 ishtirokchilaridan biri, yoxud musobaqaga mezbonlik qilayotgan davlat bilan bevosita bog‘liq bo‘lsagina uyushtirilishi mumkinligi aytilgan.

UYeFA avvalroq teraktda halok bo‘lganlar oilalariga hamdardlik bildirib o‘tgandi.  Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, terakt oqibatida 41 kishi, jumladan 13 xorijlik halok bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz chorakfinal juftliklari quyidagicha ko‘rinish olgan: Polsha – Portugaliya (30 iyun), Uels – Belgiya (1 iyul), Germaniya – Italiya (2 iyul) va Fransiya – Islandiya (3 iyul).

Ko‘proq yangiliklar: