Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali suhbatda Nazarboyevga Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarning yaxshilanishida qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi. Nazarboyev matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, suhbat turk tomoni tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan.
"Turkiya prezidenti Qozog‘iston prezidentiga Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarning barcha majmuasi yaxshilanishiga qaratilgan bebaho hissasi va katta ishi uchun sidqidildan minnatdorchilik bildirdi", deb ma'lum qildi Nazarboyev matbuot xizmati.
Matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, Erdo‘g‘an Nazarboyev bilan suhbatda unga Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashgani va "Anqara va Moskva o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanishi uchun qaratilgan barcha qadamlar amalga oshirilishiga umid bildirishini aytgan.
Ma'lum qilinishicha, Erdo‘g‘an Nazarboyevni yaqin orada Turkiyaga tashrif buyurishga taklif qilgan.