Bombardier 2017 yilning Can-Am Spyder nomli trisiklini namoyish etdi

Fan-texnika 11:15 / 30.06.2016 7394

Kanadaning Bombardier konserni 2017 yil modellar qatoriga kiruvchi Can-Am Spyder trisiklini namoyish etdi, deb xabar qilmoqda Motorcycle.com. Yangi F3-S sirg‘alishga qarshi avtomatik TCS tizimini o‘chirib qo‘yuvchi boshqarishning sport tartibiga ega. 

Daytona 500 Edition rusumida esa, NASCARning Deytona-Bichdagi poygalari sharafiga maxsus jilolar ham tushirilgan. Trisiklga Avstriyaning 115 ot kuchiga ega, bir qatorli 3 silindrli Rotax 1330 dvigateli o‘rnatilgan. Egari tabiiy zamsh bilan o‘ralgan. 

Korpusi magniyli metallik, ko‘k metallik va sariq metallik (Pure Magnesium Metallic, Oxford Blue Metallic, Circuit Yellow Metallic) tuslarga bo‘yalishi mumkin. 

Trisikllar avgust oyidan AQShda sotila boshlanadi. Uning eng arzon to‘plami 21 249 dollarga baholangan.

Bombardier 2007 yildan uch g‘ildirakli Can-Am Spyderni ishlab chiqaradi. U bir necha rusumda, jumladan politsiya uchun maxsus patrul namunasida ham taqdim etiladi. Shu paytga qadar, 100 ming dona trisikl ishlab chiqarilgan. 


 

Ko‘proq yangiliklar: