Bashar Asad: "G‘arb davlatlari Suriya bilan muzokaralar olib bormoqda"

Jahon 15:26 / 30.06.2016 9995

G‘arb mamlakatlari Damashqni tanqid qilishi barobarida, Suriyaga o‘z vakillarini yuborib, AQShdan yashirincha muzokaralar ham o‘tkazmoqda. Suriya prezidenti Bashar Asad Avstraliyaning SBS telekompaniyasiga bergan intervyusida shunday fikrlarni bildirgan. 

"G‘arb davlatlari, Suriyaga siyosiy hujum qilib, rasmiy vakillarini Damashqqa yubormoqda. Ularning aksariyati xavfsizlik sohasi mutaxassislari bo‘lib, biz bilan maxfiy muloqot olib bormoqda. Shu bilan birga, ular AQShga noqulaylik yetkazishni xohlashmaydi", - deb qayd etgan Suriya yetakchisi. 

Asadning fikricha, "g‘arbning aksar mas'ul shasxlari (siyosatchilari), Qo‘shma Shtatlar ulardan nimani eshitishni xohlashsa, shuni gapirishadi".
 

Ko‘proq yangiliklar: