Melburnda istiqomat qiluvchi Sevdet Besim ANZAK (Birinchi jahon urushi veteranlari xotirasiga bag‘ishlangan Avstraliyaning milliy bayrami) kuni kenguru ishtirokidagi teraktni uyushtirishda aybdor ekanligini tan oldi. Bu haqida 9news.com.au xabar qildi.
19 yoshli Besim IShID terrorchi guruhi tashviqotining ta'siriga tushib qolganligi ta'kidlanmoqda. Huquq-tartibot organlarida u kenguruga portlovchi moddani biriktirib, uni politsiya tomonga qo‘yib yuborishni rejalashtirganligini ma'lum qilishdi.