«Arsenal» Venger bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokara o‘tkazadi

Sport 15:58 / 30.06.2016 2810

«Arsenal» rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Arsen Venger bilan yangi shartnoma tuzish imkoniyatlarini o‘rganib chiqmoqda.

66 yoshli fransiyalik mutaxassisning londonliklar klubi bilan amaldagi shartnomasi 2017 yilning iyunigacha tuzilgan.

Daily Mail nashri xabar qilishicha, «Arsenal» Venger bilan agar jamoa yangi mavsumni muvaffaqiyatli boshlasa muzokara o‘tkazadi. 

Bundan tashqari, Angliya futbol assotsiatsiyasi Vengerni Angliya terma jamoasiga sobiq bosh murabbiy Roy Hojsonning o‘rniga tayinlamoqchi ekani haqidagi xabarlar londonliklar jamoasi rahbariyatini bu masalaga e'tibor qaratishga undagani aytilmoqda.

Angliya chempionatining o‘tgan mavsumida «Arsenal» ikkinchi o‘rinni egalladi.

Manba: Tribuna.uz

Ko‘proq yangiliklar: