Argentinaning Buenos-Ayres provinsiyasida yo‘lovchi va yuk poyezdlarining to‘qnashib ketishi natijasida 40 nafar kishi jarohatlandi. Bu haqda Todo Noticias telekanali xabar bergan.
Voqea Roson aholi yashash punktining temir yo‘l stansiyasida yuz bergan. Jarohatlanganlar yaqinda joylashgan shifoxonalarga yotqizilgan. Kamida ikki nafar kishi jiddiy jarohat olgan.
Avariya sabablari o‘rganilmoqda. Yo‘lovchi poyezdi Xunin shahridan Argentina poytaxti tomon yo‘l olgan bo‘lgan.