Argentina parlamenti sarmoyani amnistiya qilish qonunini ma'qulladi

Jahon 11:48 / 30.06.2016 3905

Argentina parlamentining yuqori palatasi xorijiy sarmoyalarni afv etish bo‘yicha qonun loyihasini tasdiqladi. 9 soatlik munozaralardan so‘ng, 56 nafar deputat tashabbusni ma'qullagan bo‘lsa, 11 kishi qarshi ovoz bergan, bir kishi betaraf qolgan. Avvalroq, hujjatni Deputatlar palatasi tasdiqlagan edi. 

Qonun loyihasiga ko‘ra, argentinaliklar o‘zlarining soliq deklaratsiyalarida qayd etmagan boylik va mablag‘larini, uning hajmidan kelib chiqqan holda 0 dan 15 foizgacha jarima to‘lab yoki davlat obligatsiyasini xarid qilib, mamlakatga olib kirishlari mumkin bo‘ladi. Mazkur tashabbus, sud, ijro va qonunchilik organlarining xodimlari hamda ularning yaqinlariga nisbatan joriy etilmaydi. 

Yangi qonunni mamlakat prezidenti Maurisio Makri tasdiqlashi kutilmoqda. Amnistiya vositasida davlat g‘aznasiga tushgan mablag‘lar pensiya va nafaqalarni ko‘tarishga xizmat qiladi. 

Argentina hukumati, sarmoyalarni amnistiya qilish bilan 20 mlrd dollar daromad ko‘rishga umid qilmoqda. 

 

Ko‘proq yangiliklar: