Amerikalik suzuvchi, 18 marta Olimpiya chempioni Maykl Felps AQSh milliy chempionatida alohida masofada suzish bo‘yicha birinchilikni qo‘lga kiritdi va 2016 yil Rio-de-Janeyroda o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlariga beshinchi bor yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
31 yoshli suzuvchi milliy chempionatda 200 metr masofaga batterfley uslubida suzish bo‘yicha 1 daqiqayu 54,84 sekund qayd etib, birinchilikni qo‘lga kiritdi. Ushbu masofada suzish bo‘yicha jahon rekordi Felpsga taalluqli bo‘lib, 1.54,58 sekund natijani tashkil etadi. Shu ma'noda u beshinchi Olimpiyadada ishtirok etayotgan birinchi amerikalik hisoblanadi.
Amerika saralash musobaqasi 26 iyun kuni Omaxada boshlangan edi. Musobaqa 3 iyulga qadar davom etadi.
foto:© EPA/SVEN HOPPE