Amerikaning RM Sothebyʼs kimoshdi savdosiga noyob Shelby Cobra CSX 2000 rodsteri qo‘yilmoqda. Bu mashina amerikalik avtopoygachi va mexanik Kerol Shelbi tomonidan ishlab chiqilgan ilk "kobra"dir.
Original Shelby Cobra 1962 yili paydo bo‘lgandi. O‘shanda, Shelbi Britaniyaning AC Ace sportkarining shassisini Ford Windsorning 4,2-litrli sakkiz silindrga ega va 260 ot kuchi beradigan motoriga moslashtirgan edi. Rodster soatiga 96 km tezlikka 4,2 soniyada chiqa olar edi. 402 metrni 13,8 soniyada bosib o‘tardi.
Qayd etish joizki, Shelby Cobra CSX 2000 keyingi ishlanmalar va tadqiqotlar uchun namuna bo‘lib xizmat qildi. Avtomobil nashrlariga test-drayv uchun taqdim etildi. Ko‘plab ko‘rgazmalarda namoyish etildi. Rodsterning birinchi egasi esa, 2012 yilda vafot etgunicha Kerrol Shelbi bo‘lib qoldi.
Kimoshdi savdosi 19 avgustda Kaliforniya shtatining Monterey shahrida boshlanadi. Hozicha uning boshlang‘ich narxi oshkor qilinmayapti. Biroq, uning «anchagina katta mablag‘» bo‘lishi taxmin etilmoqda. Ushbu savdolarda shuningdek, Ford kompaniyasining yana 6ta poyga mashinalari ham sotiladi. Ularning umumiy boshlang‘ich qiymati 11 mln dollardan oshib ketmoqda.