Tekshiruvlar shuni tasdiqlaydiki, 2015 yilning yoz oyida yaxshi tashkillashtirilmagan dam olish oqibatida 1674 bola halok bo‘lgan, deb xabar beradi RF bosh vazir o‘rinbosari Olga Golodets. Bu haqida «Interfaks» xabar bergan.
Olga Golodets prezident bilan o‘tgan majlisda Rossiyadagi bolalar oromgohlari haqida hisobot berdi. Unda tashkillashtirilmagan bo‘sh vaqtlarni to‘ldirishga yordam beruvchi bolalar uchun yozgi dam olish kampaniyalarini tuzish ishlari ko‘rib chiqildi.
2016 yil 19 iyun kuni Kareliyadagi bolalar oromgohida sodir bo‘lgan fojiadan so‘ng, yana 20 mingga yaqin bolalar sog‘lomlashtirish maskanlarida tekshiruvlar o‘tkazildi. Ular orasida yettita noqonuniy bolalar oromgohi topildi, uchta oromgohni esa yopish tavsiya etildi, deb xabar beradi Golodets.
Golodets Kareliyadagi fojiadan so‘ng, bolalar chiptalarining davlat haridi qoidasi o‘zgartirilishini ham ma'lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bolalar dam olishini tashkillashtirishda narx asosiy mezon bo‘lmasligi kerak.
Eslatib o‘tamiz, Kareliyada 19 iyun kuni kuzatilgan kuchli bo‘ron oqibatidi 13 bola va bir kishi halok bo‘lgan.
Foto: TASS