Jizzaxda Matbuot va OAV xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi

Jamiyat 14:52 / 29.06.2016 4825

Unda viloyatdagi ommaviy axborot vositalari xodimlari, jamoat tashkilotlarining vakillari, barcha turdagi media tuzilmalar, nashriyot-matbaa ijodiy uylari xodimlari, faxriy jurnalistlar ishtirok etdi. 

 “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonun asosida xalq xo‘jaligi sohalarida matbuot va axborot xizmatlari tashkil etilmoqda. Bu, o‘z navbatida, O‘zbekistonda ana shu ezgu ishlarga ko‘mak berishga yo‘naltirilgan, axborot almashinuvini yaxshilash, taqchillikni bartaraf etishga qaratilgan muhim tadbir, deya e'tirof etishdi bayram ishtirokchilari. 

Shuningdek, tadbirda viloyatda matbuot va ommaviy axborot vositalarida faol bo‘lgan bir guruh  jurnalistlarga turli nominatsiyalarda diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. Xususan, “Kun.uz” ning Jizzax viloyat muxbiri Akmal Binoqulov  “Internet jurnalistikasi” yo‘nalishida eng faol, deb e'tirof etildi.

Ko‘proq yangiliklar: