O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Angliyaning London shahrida “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi eng nufuzli to‘rt turnirdan biri – “Uimbldon – 2016”ni g‘alaba bilan boshladi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.
Denis Istomin yakkalik bahslarining birinchi davrasida Janubiy Afrika Respublikasi vakili Kevin Andersonga qarshi kortga chiqdi. Besh set davom etgan uchrashuvda o‘zbekistonlik tennischi 4:6, 6:7, 6:4, 7:6, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi. U ikkinchi davrada ispaniyalik Nikolas Almagro bilan kuch sinashadi.
Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro tennis federatsiyasining musobaqalar taqvimidan joy olgan xalqaro turnirda o‘zbekistonlik yosh tennischi Humoyun Sultonov uchinchi bosqichga chiqdi.
Humoyun dastlab avstraliyalik Aleksey Popirin, ikkinchi davrada serbiyalik Miomir Kejmanovich ustidan zafar quchdi. Endi u keyingi bosqichda mezbonlar vakili Alesteyr Grey bilan bahslashadi.
O‘zbekistonlik tennischi Denis Istomin“Uimbldon – 2016”ni g‘alaba bilan boshladi
Kun Yangiliklari
O‘zbekiston bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi e’lon qilindi
07:57 / 01.07.2022
25578
Noyabr oyi uchun «palov indeksi» e'lon qilindi
08:11 / 01.12.2021
34522