Oktyabr oyida Toshkentda XII xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston 11:30 / 29.06.2016 4208

2016 yilning 8 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining XII Xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, joriy yilning 12-13 oktabr kunlari Toshkent shahrida XII Xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu yarmarkani tashkillashtirishda Xalqaro paxta assotsiatsiyasi, Paxta bo‘yicha xalqaro konsultativ qo‘mitasi, Cotton Outlook xalqaro agentligi va Xalqaro to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar federatsiyasi singari nufuzli xalqaro tashkilotlar doimiy hamkorlik qilib keladi.

Joriy yilgi yarmarka «O‘zpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasi, «O‘zbekengilsanoat» davlat aksiyadorlik kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi, O‘zbekiston “Sifat" markazi va boshqa tegishli tuzilmalar ko‘magida tashkil etiladi.

Asosiy tadbirlar «O‘zekspomarkaz» kompaniyasining ko‘rgazmalar zalida o‘tkaziladi. Xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasidagi konferensiyalar hamda muloqotlarda jahon paxta va to‘qimachilik bozorining yetakchi vakillari tomonidan O‘zbekiston va dunyoda paxta tolasi ishlab chiqarish, savdo va investitsion hamkorlikni kengaytirish kabi ko‘plab masalalar muhokama qilinishi va o‘zaro manfaatli oldi-sotdi shartnomalari imzolanishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: