Anqaradagilar Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an hamda Rossiya prezidenti o‘rtasida uchrashuv o‘tkazadigan kunni taxmin qilishdi. NTV telekanalining Turkiya prezidenti ma'muriyatidagi manbasiga asoslanib xabar berishicha, ushbu siyosatchilar 4-5 sentabr kunlari Xitoyda, "Katta yigirmatalik" sammiti doirasida bo‘lib o‘tadi.
Telekanalda Erdo‘g‘an va Putin uchrashuvi undan oldinroq ham bo‘lib o‘tishi ehtimoli istisno etilmagan.
Bugun ikki prezident 40 daqiqa davom etgan telefon muloqotida davlatlar o‘rtasida munosabatlarni yaxshilashga kelishib oldi.
Keyinroq ularning tor doirada uchrashuv o‘tkazishi haqida xabar berildi.