Turkiyada Istanbul terakti qurbonlari xotirasiga 1 kunlik motam e'lon qilindi

Jahon 18:13 / 29.06.2016 4561

Istanbuldagi Otaturk xalqaro aeroportida yuz bergan portlashlar oqibatida halok bo‘lganlar xotirasi uchun Turkiya hukumati bir kunlik motam e'lon qildi. Bu haqda Hurriyet xabar bergan.

Turkiya hududidagi barcha tashkilot va muassasa binolarida davlat bayroqlari tushirib qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, 29 iyunga o‘tar kechasi Istanbul shahridagi Otaturk aeroportida uch marta portlash sodir etildi. So‘nggi ma'lumotlarga qaraganda, teraktlar oqibatida 41 kishi, shu jumladan, 13 nafar chet el fuqarosi qurbon bo‘lgan, 239 kishi jarohatlangan.

Qurbonlar orasida O‘zbekiston fuqarosi borligi ma'lum qilindi.

Turkiya bosh vaziri bu terakt ortida IShID turgani haqida ma'lum qildi.

Ko‘proq yangiliklar: