Yaponiyaning Toyota avtokonserni jahon bo‘ylab 2,87 million dona avtomobilini qaytarib oladi. Bunga, ularning tutun chiqarish qurilmalaridagi ehtimoliy nuqsonlar mavjudligi sabab bo‘lgan, deb xabar qilmoqda Reyter agentligi kompaniya bayonotiga tayangan holda.
Bu qaror, 2006-2015 yillarda ishlab chiqarilgan Toyota Prius va Auris gibrid mashinalari hamda Toyota Corolla modeliga tegishli ekani aytilmoqda.
Avvalroq, avtokonsern Prius va Lexus CT200h modellarining 1,43 mln donasini chaqirishini e'lon qilgan edi. Ularning xavfsizlik yostiqchalarida nuqson aniqlangani xabar qilingandi.
Qayd etilishicha, ikkala qaror ham baxtsiz hodisalar bilan bog‘liq emas.
Foto:Google image