Toyota Motor Corp butun dunyo bo‘ylab xavfsizlik yostiqchalaridagi nuqson sababli 1,43 mln ta Prius va Lexus CT200h gibrid avtomobillarini chaqirtirib olmoqda, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Ta'kidlanishicha, gap 2010-2012 yillarda chiqarilgan mashinalar haqida ketmoqda, ulardagi xavfsizlik yostiqchalaridagi inflyatorlarda kichik darzlar bo‘lishi mumkin.
Xavfsizlik yostiqchalarini Takata kompaniyasi ishlab chiqarmagan 482 ta amerika avtomobili ortga qaytarib olinadi.
Foto:Google image