Toshkentda AQShlik mashhur ultramarafon sport ustasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Sport 23:06 / 29.06.2016 4386

O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda  2016 yil 29 iyun kuni Assotsiatsiyaning majlislar zalida amerikalik mashhur ultramarafon sport ustasi Din Karnezes ishtirokida O‘zbekiston paralimpiya sportchilari uchun seminar-trening tashkillashtirdi. 

Ushbu seminar-treningda O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasining murabbiylari, terma jamoa a'zolari hamda Toshkent shahridagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus maktab-internati tarbiyalanuvchilari ishtirok etdi.

Tadbir davomida 50 dan ortiq ishtirokchi  Din Karnezes bilan suhbatda bo‘lib, o‘z malakalarini almashishdilar.

Seminar-trening so‘ngida Din Karnezes O‘zbekiston Mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan  1 iyuldan Markaziy Osiyo davlatlari  bo‘ylab (Toshkentdan Qozog‘iston va Qirg‘izistongacha) yugurishini  ma'lum qildi va u bilan birga qisqa masofani bosib o‘tishga ishtirokchilarni taklif etdi.

Ko‘proq yangiliklar: