"Barselona" futbol klubi va Urugvay terma jamoasi hujumchisi Luis Suares uning klubdoshi Lionel Messi o‘z fikrini o‘zgartirib, Argentina terma jamoasi safida ishtirok etishni davom ettirishi haqidagi fikr bildirdi. 29 yoshli Messi Argentina Amerika Kubogi finalida Chilidan mag‘lubiyatga uchragach, terma jamoadagi faoliyatini tugatishini aytgan.
"Men Messi fikrini o‘zgartiradi deb ishonaman. Biroq istalgan vaziyatda u tarixdagi eng yaxshi futbolchi bo‘lib qoladi. Leoni bilganim uchun u buni umidsizlik va chorasizlik vaqtida aytgan, deb ayta olaman. Messining qarori butun dunyo futboli uchun yo‘qotishdir, biroq u fikrini o‘zgartirishiga ishonchim komil. Hozir Lionelga mushkul", deb aytdi Suares Radio Tenfield’ga bergan intervyusida.