Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an yaqin orada yuzma-yuz uchrashish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga kelishib olishdi. Bu haqida Kreml matbuot xizmati ma'lum qildi.
"Rossiya va Turkiya prezidentlari yaqin orada shaxsan uchrashish imkoniyatini ko‘rib chiqish to‘g‘risida kelishib olishdi", - deyiladi xabarda.
Bundan avval Rossiya prezidenti Turkiyaning sayyohlik sohasiga nisbatan taqiqlarni bekor qilgani haqida xabar qilindi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumatga Turkiyaga nisbatan sayyohlik sanksiyalarini bekor qilish vazifasini yukladi.
Turkiyaning sayyohlik sohasiga nisbatan taqiqning bekor qilinishidan tashqari, Vladimir Putin vazirlar mahkamasiga ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni qayta yo‘lga qo‘yish jarayonini boshlashni buyurdi.