Pekinda yuqori lavozimli partiya jurnalisti o‘z joniga qasd qildi

Jahon 14:24 / 29.06.2016 9245

Xitoy kommunistik partiyasi "Tsyushi" jurnali bosh redaktori o‘rinbosari Chju Techju o‘z joniga qasd qilgani oqibatida hayotdan ko‘z yumgan. China Daily nashrining yozishicha, jurnalistning jasadi ishxonasidagi garajdan topilgan. 

Chju Techju suratiga berilgan izohda, u 24 iyundan ishga kelmagani ta'kidlangan. 56 yoshli Chju o‘sha kuni ertalab uydan chiqib  ketib, taxminan kechga borib o‘z joniga qasd qilgan. 

"Tsyushi" jurnalida 30 yil ishlagan Chju Techju mashhur esse yozuvchisi bo‘lgan. Uning qalamiga mansub ikki mingdan ortiq materiallardan bir qismi maxsus to‘plamlarda ham chop etilgan. 

Chju Techju 16 iyunda bo‘lib o‘tgan amaliy seminarda so‘nggi marotaba ma'ruza qilgan. Hozircha, suiqasd sabablari haqida ma'lumotlar yo‘q. 

 

Ko‘proq yangiliklar: