Rossiyaning Nijyegorod viloyat sudi onasi, xotini va olti nafar bolasining joniga qasd qilgan Oleg Belovga umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinladi.
2015 yilning 4 avgust kuni Nijniy Novgoroddagi xonadonlardan birida olti nafar bola va ular onasining jasadi topildi. Qotillikda bolalarning otasi — Oleg Belovdan shubhalanildi. Oradan bir necha soat vatq o‘tib, politsiya Belovning onasining ham jasadini topdi. Shundan so‘ng Oleg politsiya tomonidan hibsga olindi.
Surishtiruv ishlaridagi ma'lumotga ko‘ra, ushbu jinoiy ishga “er-xotin o‘rtasidagi shaxsiy masala” degan xarakter berildi. Avvalroq Belov bu ishlarni “xavf ostida” qilganligini aytgan edi.