Hurriyet nashriyoti Istanbul aeroportidagi kameralar orqali tasvirga tushirilgan terrorchilardan birining suratini e'lon qildi.
Ma'lum bo‘lishicha, uni oyoq kiyimlaridan aniqlashgan.
Istanbul aeroportida xudkush-terrorchi tomonidan uchta terakt amalga oshirildi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, terakt natijasida 41 kishi halok bo‘lgan, 239 nafari esa jarohatlangan.
Avvalroq, tergovchilar Istanbul aeroportidan portlatilmagan garanatalar topishgani haqida ma'lum qilingan edi.