Kaliforniya shtatida 28,3 gektar maydon yong‘in bilan qoplandi. Yong‘inni o‘chirishga taxminan 5 ming o‘t o‘chiruvchi jalb etildi. Bu haqida Los Angeles Times gazetasi xabar qildi.
Unga ko‘ra, Kaliforniyada to‘qqizta yirik yong‘in chiqqan, ulardan Kern okrugidagi Leyk-Izabella janubiy aholi punktida 18,3 gektar maydondagi o‘t va butalarni payhon qilgan yong‘in eng yirigi sifatida qayd etildi. Mazkur hududda o‘t balosi 250ta uy va qurilmalarni yo‘q qildi. Layk-Izabellada yong‘in natijasida keksa juftlik halok bo‘lganligi ma'lum bo‘ldi.
Shuningdek, Santa-Barbara, San-Gabriel va yana oltita joyda yong‘in qayd etildi. Hozirgi vaqtga kelib, olov 70-90 foizga bartaraf etilgan.
Shtatning O‘rmon boshqarmasi vakili Deniyel Berlantning xabar qilishicha, yanvar oyidan buyon Kaliforniyada taxminan 2,4 ming tabiiy yong‘in sodir bo‘lgan. Buning natijasida 40 ming gektar yerdagi o‘simliklar yo‘q bo‘lgan.
Foto:Google image