Istanbul shahridagi Otaturk nomidagi xalqaro aeroportda yuz bergan terakt oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 41 nafarni tashkil qilmoqda. Shundan 13 nafari xorijlik. Bu haqda Istanbul gubernatori ma'muriyatida xabar qilingan.
"41 kishining o‘limi tasdiqlandi. Ulardan 13 nafari xorijlik. 37 kishining shaxsi aniqlandi. Yana 4 kishining shaxsini aniqlash bo‘yicha ish olib borilmoqda. Jarohatlanganlar soni 239 kishi, 109 kishi shifoxonadan chiqarilgan. Qolganlarga tibbiy yordam ko‘rsatiladi", deyilgan xabarda.
Turkiyadagi nashrlarda terakt qurboniga aylangan xorijliklarning 5 nafari saudiyalik, 2 nafari iroqlik ekani aytilgan. Shuningdek, qurbonlar orasida O‘zbekiston, Ukraina, Eron, Iordaniya, XXR va Tunis fuqarolari bor.
Bundan oldingi xabarlarda halok bo‘lganlar soni 36 nafar bo‘lgani aytilayotgandi.