Istanbul shahridagi aeroportda portlash va otishma sodir bo‘ldi

Jahon 01:07 / 29.06.2016 34436

28 iyun kuni Istanbul shahridagi Otaturk xalqaro aeroportida kamida ikkita portlash sodir bo‘ldi. Ko‘plab jarohatlanganlar borligi aniqlangan. Bu haqda mahalliy telekanallarga asoslanib Reyter ma'lum qildi.

CNN Turk telekanali ma'lumotiga ko‘ra, aeroportda o‘q ovozlari ham eshitilgan. Guvohlarnig aytishicha, otishma aeroport avtomobillar turargohida bo‘lib o‘tgan. Voqea tafsilotlari hali batafsil oshkor qilinmadi.

Portlash oqibatida jabr ko‘rganlar Istanbul shifoxonalariga yetkazilgan.

Foto: ctvnews.ca

Ko‘proq yangiliklar: