Xalq banki: izchil islohotlar sari...

Iqtisodiyot 18:56 / 29.06.2016 41882

Aktsiyadorlik tijorat Xalq banki yurtimizning barcha xududlarida turli xil bank xizmatlarini ko‘rsatib kelayotgan respublikamizdagi eng yirik, universal banklardan biridir.

Shu bois Xalq banki ham aholiga qulay bo‘lgan chakana bank xizmatlarini ko‘rsatishda davom etib, tijorat banklari orasida chakana xizmatlar sohasidagi yetakchilik mavqeini saqlab qolish maqsadida barcha imkoniyatlardan samarali foydalanib kelmoqda.

Ayniqsa, mijozlarga qulayliklar yaratish maqsadida Xalq bankida Markaziy bankning «Munis» dasturiy majmuasidan to‘lovlarni qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan.
Kliring tizimining maqsadi elektron to‘lov hujjatlari va elektron to‘lov bo‘yicha xabarlarni ishonchli, xavfsiz, samarali ravishda real vaqt rejimida almashish va to‘lovlarni amalga oshirish jarayonida moliyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etilishini ta'minlashdan iborat.

Bu esa o‘z navbatida, aholi to‘lovlarining xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlardagi shaxsiy hisobvaraqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushishiga hamda aholining bank tizimiga bo‘lgan ishonchining ortishiga xizmat qilmoqda.

2015 yilda aholi omonatlarini bankka jalb qilish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov yakunlariga ko‘ra, Jizzax viloyati amaliyot bo‘limining “Xalqobod” minibanki “Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish bo‘yicha yilning eng yaxshi minibanki” nominatsiyasida ikkinchi o‘rinni, Surxondaryo viloyati Oltinsoy filialining 1-sonli jamg‘arma kassasi "Qishloq joylarda eng yaxshi jamg‘arma maxsus kassa" nominatsiyasida uchinchi o‘rinni egalladi.

Plastik kartochkalar — yaqin ko‘makchi
Darhaqiqat, bugungi kunda kundalik turmushimizni plastik kartochkalarsiz tasavvur qilishimiz qiyin. Ulardan xarid chog‘ida, maishiy servis xizmatlarida, ayniqsa, kommunal to‘lovlarda keng foydalanamiz. Davlatimiz tomonidan olib borilayotgan kuchli ijtimoiy siyosat natijasi o‘laroq bank o‘zining 197 ta filiallari tomonidan nafaqaxo‘rlarga o‘z vaqtida kam ta'minlangan, yoshga doir pensiya nafaqalarini muntazam tarqatilib berilishi bilan o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Shuningdek, Xalk bankida Pensiya jamg‘armasi mutaxassislari bilan hamkorlikda pensiya oluvchilarniig plastik karta hisob raqamlariga mablag‘larni avtomatik tarzda o‘tkazish hamda Pensiya jamg‘armasi va bank o‘rtasida elektron ma'lumotlar almashinuvining yo‘lga qo‘yish maqsadida yangi dasturiy modul ishlab chiqildi. 

Bank mijozlarining vaqtini tejagan holda, bank filialiga murojaat qilmasdan mablag‘larni joylardagi mini-banklar va shoxobchalarda yuklash, savdo tashkilotlariga esa, terminallar orqali o‘tkazilgan savdo tushumlarini inkassatsiya qilish imkoniyatini yaratish maqsadida bank filiallarida 1300 dan ortiq riderlar, 78 dona infokiosk va 21 dona bankomat o‘rnatilgan bo‘lib, bu orqali mijozlarga namunali xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda.

Pul o‘tkazmalari tizimlari
Hozirgi kunda aksiyadorlik tijorat Xalk banki tomonidan “Zolotaya korona”, “Vestern Yunion”, “Kontakt” va “Yunistrim” xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari orqali aholiga samarali xizmatlar ko‘rsatilib kelinmokda. Respublika bo‘yicha 174 ta xalqaro pul o‘tkazmalari shohobchalari faoliyat yuritmoqda.

Xalk banki tizimida avvallari ushbu xizmat faqat shahar markazlarida amalga oshirilgan bo‘lsa, hozirgi kunda mamlakatimizning barcha tumanlarida yo‘lga qo‘yilgan. Hatto bank tomonidan yurtimizning chekka hududlarida ham shoxobchalar tashkil etilib, ularning soni tez sur'atlarda oshib bormoqda. Ushbu shoxobchalarda malakali xodimlarning faoliyat yuritishi aholiga ko‘plab qulayliklar yaratmoqda. 

Omonatlar “El ardog‘i”da
Bugungi kunda AT “Xalk banki” tomondan aholi bo‘sh pul mablag‘larini bank depozitlariga jalb qilish maqsadida jozibador 23 turdagi omonatlar taklif etib kelinmokda. Jumladan, “Kommunal lyuks” muddatli omonati ushbu omonatga mablag‘lar naqd va nakd pulsiz shaklda qabul qilinadi hamda omonatchilarning bankdagi mavjud omonat mablag‘lari ushbu omonatga qayta rasmiylashtirilishi mumkin.

“El ardog‘ida” muddatli omonati ushbu omonat turiga pul mablag‘lari fuqarolardan faqat naqd pul shaklida qabul qilinadi. Foizlar kunlik hisoblanadi. Omonatchining topshirig‘iga mufoviq hisoblangan foizlar har oyda olinishi yoki to‘lovlarga o‘tkazilishi mumkin. Omonat muddati kelganda omonatchi tomonidan olinmaganda yana shu muddatga bir marta avtomatik ravishda uzaytiriladi.
“Omadli daromad” yutuqli-jamg‘arma omonati ushbu omonat turiga pul mablag‘lari fuqarolardan naqd pul yoki naqd pulsiz shakllarda qabul qilinadi. Shuningdek, omonatga badal mablag‘larni omonatchi tomonidan kiritish mumkin.

“Muddatli” xorijiy valyuta omonatiga mablag‘lar AQSh dollarida naqd pul shaklida qabul qilinadi. Omonatga hisoblangan foiz daromadlari omonat muddati tugaganidan co‘ng to‘lab beriladi.
Darhaqiqat, tezkor, qulay hamda kafolatli xizmat – banklar faoliyatidagi eng ustuvor mezondir. Aktsiyadorlik tijorat Xalq banki xodimlari esa ana shu mezon talablarini to‘liq bajarish yo‘lida shahdam odimlamoqdalar. 

Bank axborot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: