Germaniya politsiyasi suriyalik qochqinni “kun qahramoni” deya e'tirof etdi

Jamiyat 19:34 / 29.06.2016 6134

Germaniyada suriyalik Muhannad ismli qochqin 150 ming yevro topib oldi va uni politsiya qo‘liga topshirdi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Germaniyaning Minden shahri politsiyasi o‘tgan yili qochqin sifatida mamlakatga kirib kelgan 25 yoshli yigitni “kun qahramoni” deya e'tirof etdi. Yigit pullarni xayriya tashkilotining javonidan topib olgan ekan.

Yigitning aytishicha, u mebellarni taxlayotgan payt 50 ming yevro miqdorida naqd va 100 ming yevro miqdorida omonat kitobchasini topib olgan.

Politsiyaning so‘zlariga ko‘ra, odamlar topib olishgan pullarini olib kelib turishadi, ammo bunday miqdordagi summani olib kelishganini yaqin vaqt ichida uchratishmagan.

Ko‘proq yangiliklar: