FIFA Infantinoni tashkilot mablag‘larini shaxsiy maqsadlarda sarflab yuborganlikda gumon qilmoqda

Sport 19:35 / 29.06.2016 4372

FIFAning Axloq qo‘mitasi tashkilot prezidenti Janni Infantinoga nisbatan tekshiruv ishini boshlab yubordi.

Frankfurter Allgemeine Zeitung gazetasi ma'lumotlariga ko‘ra, Infantino shu yilning aprel oyida Moskva va Doha shaharlariga safari vaqtida FIFA mablag‘larini shaxsiy maqsadlarda sarflab yuborishda gumon qilinmoqda.

Infantino FIFA prezidentligiga 2016 yil fevral oyida saylangan edi. U korrupsiya mojarolari tufayli tashkilotni tark etgan Yozef Blatterni almashtirgandi.

Shveytsariya hukumati 2015 yilning iyulida Tsyurixdagi bosh qarorgohida tintuvlar o‘tkazib, korrupsiya ishi bo‘yicha tekshiruvlar boshlagan, bu ishga tashkilot sobiq rahbari Yozef Blatter va tashkilot sobiq bosh kotibi Jyerom Valke aloqadorligi ayon bo‘lgandi.

FIFA 2015 yilning 25 sentabrida Blatter UYeFA rahbari Mishel Platiniga 2011 yili 2 million frank miqdoridagi mablag‘ni noqonuniy ravishda berganini aniqladi. Shundan keyin Blatter va Platini futboldan 8 yil muddatga chetlatildi. Keyinroq, 2016 yilning 24 fevralida ularga nisbatan jazo yengillashtirilib, muddat 8 yildan 6 yilga tushirildi. Aprel oyida esa sanksiya muddati yana 2 yilga kamaytirildi.

Ko‘proq yangiliklar: