Facebook ijtimoiy tarmog‘i o‘z sahifasida 6 yoshli Nixal Raj ismli oshpaz bolakayga tegishli rolikdan foydalanish uchun unga 2 ming dollar to‘ladi. Bu haqda Mashable nashri yozmoqda.
Facebook kompaniyasi jamoasi Raj bilan bog‘lanib, unga tegishli bo‘lgan roliklardan birini sotib olishini taklif qildi.
Kich laqabli bu oshpaz bolakayning YouTube da o‘z kanali bo‘lib, uni o‘zi mustaqil yuritadi. Kich to‘rt yoshligidanoq pazandalik sirlarini o‘rganish bilan shug‘ullana boshlagan. Bugungacha esa u taom tayyorlash borasida ota-onasidan ortda qolmaslikka harakat qilib, asosan, oddiy pishiriqlar pishirish, desertlar tayyorlashdan zavqlanadi.
Ma'lum bo‘lishicha, Facebook ijtimoiy tarmog‘i Rajning muzqaymoq tayyorlash haqida tayyorlagan videoroligini sotib olgan.