Elvis Preslining qizi to‘rtinchi marta ajrashmoqda

Jamiyat 16:23 / 29.06.2016 9602

"Rok-n-roll qiroli" Elvis Preslining qizi to‘rtinchi turmushidan ajralmoqda. Bu haqida Hello Magazine nashri xabar qildi. 

48 yoshli Liza Mariya Presli 10 yillik turmushidan so‘ng  Maykl Lokvud bilan ajrashishga ariza berdi.
 
Presli xonimning rasmiy vakili bu ma'lumotni tasdiqladi. Afsonaviy qo‘shiqchining qizi ajrashish sababi sifatida murosasiz kelishmovchiliklarni ko‘rsatdi. 

Juftlikning 7 yoshli egizak qizlari bor. Presli bolalar uchun javobgarlik huquqini unga taqdim etishni so‘radi, Lokvudga esa qizlardan "nazorat ostida" xabardor bo‘lib turish taklifini bildirdi. Presli o‘zi va farzandlari uchun aliment talab qilmadi.  

"Presli undan hech qanday pul olishni istamaydi", - deya ma'lum qildi manba. Uning so‘zlariga ko‘ra, juftlik nikoh shartnomasi tuzgan. 

Bundan avval Preslining qizi musiqachi Denni Kio (bu turmushidan bir o‘g‘il, bir qizi bor), qo‘shiqchi Maykl Jyekson va aktyor Nikolas Keyj bilan oila qurgan. 

 

Foto:Google image

Ko‘proq yangiliklar: