Yevropa Ittifoqiga a'zo 27 davlat rahbarlari Slovakiya poytaxti Bratislava shahrida YeIning Buyuk Britaniyasiz istiqbolini muhokama etishadi. Sammit, shu yilning 16 sentabrida bo‘lib o‘tadi, deya ma'lum qilgan Yevropa kenngashi raisi Donald Tusk.
"Biz 27 davlatdan iborat YeIning kelajagini muhokama etish jarayonini boshlab yubordik va muzokaralarni davom ettirish uchun 16 sentabr kuni Bratislavada uchrashamiz", — deya ma'lum qilgan Tusk YeIning Britaniya vakilisiz o‘tkazgan ilk norasmiy sammitida.