Bola 30 daraja issiq ostida mashina salonida qolib ketdi, so‘ngra...

Jamiyat 23:00 / 29.06.2016 13018

Rossiyaning Novosibirsk viloyatidagi Markaziy bozor sotuvchilari quyosh tig‘ida turgan mashina ichidan yosh bolaning yig‘layotganiga guvoh bo‘lishdi va uni qutqargani shoshilishdi. Bu haqda IIV BB matbuot xizmati xabar bermoqda

Voqea qoq peshinda sodir bo‘lgan. O‘shanda havo harorati +30 ko‘rsatib turgan. Sotuvchilar, avvalo, “Mazda Demio” salonida yig‘lab turgan bolakayning ovozini eshitishgan. Uning yonida ota-onasi bo‘lmagan.

Odamlar yig‘ilib, mashina saloni ichiga razm solishganida uning ichida issiqdan qizarib ketgan 1,5-2 yashar bolaning yig‘lab turganiga guvoh bo‘lishgan.
Boshida bolani gap-so‘z bilan ovutishga urinishgan, ammo bu samara bermagan. Unga oyna orqali quvurcha yordamida sharbat tutishgan. Ammo mashinani ocha olishmagan. Uning oynasini sindirmoqchi bo‘lishgan, biroq bozor nazoratchilari bunga ruxsat bermagan. Shunda qayerdandir ikki yigit paydo bo‘lgan, mashina eshiklarini ochgan va ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan.

Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, bolaning yig‘layotganini ko‘rib qolishganidan to uni mashina salonidan tushirib olganlaricha, 40 daqiqa vaqt o‘tgan. Ammo shuncha vaqt o‘tsada uning onasi ko‘rinish bermagan.

Oradan vaqt o‘tib, uning onasi bozor ichidan chiqib kelgan va bo‘lgan voqeani tinglagan. So‘ngra hech qanday hissiyotlarsiz o‘z bolasini odamlar qo‘lidan olib, mashinaga o‘tirib, jo‘nab ketgan.

Ko‘proq yangiliklar: