Ukrainada 2 yildan buyon davom etib kelayotgan ikki yillik mojaro oqibatida 9 449 kishi halok bo‘ldi, yana 21 843 nafari turli tan jarohatlari olishdi. Bu haqida RIA "Novosti" BMT bosh kotibi yordamchisi Ivan Shimonovichga asoslanib xabar berdi.
BMT inson huquqlari bo‘yicha oliy komissarining Ukrainaga doir ma'ruzasida Ukrainada ikki yildan ortiq vaqt ichida mamlakatda kamida 9 371 kishi halok bo‘lgani va 21 532 kishi jarohat olgani to‘g‘risida xabar qilingandi.
Shimonovich bu BMTning inson huqulari bo‘yicha oliy komissarining taxminiy ma'lumotlari ekanligiga izoh berdi.
"Bizning taxminimizcha, qurbonlar soni bundan ko‘p", - dedi u.
U 9,5 ming nafar halok bo‘lgan kishilar orasidan 2 ming nafari tinch aholi bo‘lganligini ta'kidladi.