Berlinda to‘rt eshikli Porsche Panamera kupesining yangi avlodi taqdim etildi. Germaniya kompaniyasi avtomobilni kuchaytirish bilan birga, unga qulaylik bag‘ishlagan.
Avtomobil dizayni afsonaviy Porsche 911 sportkarini takrorlaydi. Yangi V6 va V8 biturboli dvigatel kuchaytirildi, uning yonilg‘i sarf etish ko‘rsatkichi va chiqindi chiqarish holati kamaytirildi. Panamera Turbo (550 ot kuchi), Panamera 4S (440 ot kuchi) va Panamera 4S Diesel (422 ot kuchi) – yangi sakkiz bosqichli uzatmalar qutisi bilan jihozlandi.
Eng kuchli versiya bo‘lmish Panamera Turbo 100 km.li tezlikka 3,8 soniya ichida chiqa oladi va buning uchun 9,4-9,3 litr yonilg‘i sarflaydi. Bu haqda Porsche matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bundan tashqari, avtomobillarning o‘lchami kattalashgan. Yangi Panamera’ning uzunligi 5 049 mm (+34 mm), eni 1 937 mm (+6 mm) va balandligi 1 423 mm (+5 mm)ni tashkil etmoqda. Salon ham o‘zgargan: aksari tugmachalar o‘rnini sensorli panellar egallagan.
Foto: AiF