Hollandiyaning mashhur mebel ishlab chiqaruvchi IKEA kompaniyasi AQSh bozorlaridan 29 millionta g‘aladonli mebelni qaytarib oldi. Yaqinda mamlakatda uchinchi marta kompaniya mebellari bilan bog‘liq o‘lim holati kuzatildi. Aynan tortmali mebellar juda tez yiqilib ketishi tahlil qilingan. Kompaniyaning AQShdagi bo‘limida birinchi o‘lim holati 27 yil avval qayd etilgani ta'kidlangan. Undan keyin 2002 va 2016 yilda ham bitta bola IKEA mebeli tagida qolib halok bo‘lgan.
Bundan sarosimiga tushgan korxonaning BAAdagi bo‘limi butun mamlakat bo‘ylab targ‘ibotni kuchaytirib yubordi. Gulfnews nashrining xabar berishicha, IKEA mebellari yetkazib berilayotgan uylarning devorlariga mahkamlanmoqda. Nashrning saytida bir video ilova qilingan va unda shunday gaplar bor: «AQShda har ikki haftada bitta bola mebelning ostida qolib, halok bo‘ladi. Bolalarning xavfsizligini ta'minlang».
Avvalroq Rossiya bozorlarida ham IKEA mebellari yoppasiga ortga qaytarilayotgani xabar qilingandi.
Foto:Ikea