Rossiyaning bolalar huquqi bo‘yicha vakolatli xodimi Pavel Astaxov tataristonlik 15 nafar bola Istanbul orqali raqs tanlovidan qaytayotgan bo‘lgani hamda aeroportdagi teraktlar sabab Turkiyadan uchib keta olishmagani to‘g‘risida ma'lum qildi. Bu haqida u o‘z tvitterida xabar qildi.
"Qozonning 15 nafar qizdan iborat bolalar raqs dastasi tanlovdan Istanbul orqali qaytayotgan bo‘lgan. Bolalar huquqi himoyachisiga bu haqida qizlarning ota-onalari ma'lum qilishgan. Istanbul aeroportidagi terakt tufayli tataristonlik 15 nafar qiz vaziyat "qurboni"ga aylanishdi. Ularning pullari tugagan, uyga qayta olishmayapti", - dedi Astaxov.
Bolalarga yordam ko‘rsatish uchun Tatariston konsulligi va rahbariyati jalb qilindi.
"Bolalar juda qo‘rqib ketishdi, ular tunda aeroportdan evakuatsiya qilindi hamda Istanbul markazida boshpanasiz va yeguliksiz qolishdi. Hozir barcha bolalar mehmonxonaga joylashtirilgan", - qo‘shimcha qildi obudsman.