Tokiodagi kanaldan ayol jasadi solingan chamodan topildi

Jamiyat 21:04 / 28.06.2016 7404

Ayol jasadi solingan qora chamodan Tokio shahridagi kanalda suzib ketayotgan vaqtida to‘xtatildi.

Japan Times ma'lumotiga ko‘ra, chamadonning uzunligi 50 sm, kengligi 30 sm va balandligi 70 sm.

Politsiyaning bildirishicha, uning ichidan 30-40 yoshlardagi ayol jasadi chiqqan. Ayolning tanasida hech qanday jarohat izlari aniqlanmagan.

Politsiyachilar ayolning shaxsini aniqlashgan. Lekin uning o‘limi sababi noma'lumligicha qolmoqda.

Aniqlik kiritilishicha, Keyxin kanalida suzayotgan chamadonni qayiqda o‘z manzili sari ketayotgan o‘tkinchi tutib olgan.

Ko‘proq yangiliklar: