«PSJ» jamoasi «Sevilya» bosh murabbiyi bilan 2 yillik shartnoma tuzdi. Keyinroq bu shartnoma yana 1 yil muddatga uzaytirilishi mumkin. Bu haqda jamoa rasmiy saytida ma'lum qilindi.
Parijliklar murabbiy uchun andalusiyaliklarga tovon puli sifatida 1,5 million yevro to‘lagan. Emerining ispanlar jamoasi bilan shartnomasi 2017 yilning yoziga qadar tuzilgandi.
Ushbu 44 yoshli mutaxassis shu vaqtgacha «Almeriya», «Valensiya», «Spartak» jamoalarida ham ishlagan, «Sevilya» bilan 2013 yildan buyon qatorasiga 3 marta Yevropa Ligasida g‘olib bo‘ldi.
26 iyun kuni «PSJ» Loran Blanni bosh murabbiylikdan iste'foga chiqardi. O‘zaro shartnomaning bir tomonlama buzilishi evaziga murabbiyga 22 million yevro tovon puli beriladi.