Moskva politsiyasi xonadonlardan birida 15 yoshli maktab o‘quvchisining jasadini topgan. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.
Manbada halok bo‘lgan qizning shaxsi keltirilmagan.
Unda aytilishicha, qiz uyida ota-onasi bilan yashagan. U halok bo‘lgan vaqtda ota-onasi dala hovliga ketishgandi. Ular uyga qaytishganda farzandlari jonsiz holatda bo‘lgan. Uning yelkasida tok urish alomatlari aniqlangan. Sal nariroqda telefon ham topilgan. U vannada cho‘milayotib telefonda gaplashgan.
Ekspertlarning ma'lum qilishicha, telefon suvga tekkan va qizni tok urgan.