Shvetsiyada Brexit fonida fuqarolik so‘rab murojaat qilgan britaniyaliklar oqimi kuzatilmoqda. Bu haqda The Local xabar tarqatdi.
Shvetsiya migratsiya agentligi o‘tgan haftada 129 nafar britaniyalik Shvetsiya pasportini olish istagi bilan murojaat qilganini qayd etdi. Bungacha esa bu ko‘rsatkich o‘rtacha 20ta holatga to‘g‘ri kelardi.
Shu bilan birgalikda, agentlik bu ko‘rsatkich vaqtinchalik ekanini taxmin qilgan.
Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, 2015 yil holatiga ko‘ra, Shvetsiyada Buyuk Britaniyaning 19,7 ming nafar fuqarosi istiqomat qiladi.
Bundan oldinroq, Brexit tufayli Ispaniyada yashab turgan britaniyaliklar mahalliy aholi vakillari bilan nikoh tuzish haqida o‘ylay boshlagani haqida xabar berilgandi.