Kubada amerikaliklarning ilk mehmonxonasi ochildi

Jahon 20:54 / 28.06.2016 4168

Starwood Hotels & Resorts Worldwide kompaniyasi Kubada amerikaliklarning ilk mehmonxonasini ochdi. Bu haqda NBC News xabar tarqatdi.

To‘rt yulduzli "Sheraton" nomli bu mehmonxona Karib dengizi qirg‘og‘ida joylashgan.

"Bu tarixiy lahza", deya o‘z taassurotini bldirgan mehmonxona matbuot xizmati vakili Nensi Sarabiya.

U ushbu mehmonxonani "birodarlik va do‘stlik" ramzi sifatida atagan.

AQShning Kuba bilan munosabatlardagi embargosi o‘z kuchida qolmoqda. Lekin Barak Obama ma'muriyati savdo va investitsiyalar sohasidagi cheklovlarni yengillashtirgan.

2014 yilning dekabrida Vashington Kuba bilan munosabatlar iliqlasha boshlagani haqida ma'lum qilgandi.

Starwood kompaniyasi qurgan mehmonxona AQSh va Kuba o‘rtasidagi ilk yirik kelishuv bo‘ldi.

Yaqin vaqt ichida mehmonxonaning barcha nomerlari band qilinishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, mehmonxonada bir tunni o‘tkazish 200 dollarga tushadi.

Ko‘proq yangiliklar: