Bir necha yildirki Google kompaniyasi boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikda Nexus qurilmalarini ishlab chiqaradi. Ammo tez orada internet-gigant o‘z shaxsiy brendi ostida smartfon taqdim etishi mumkin. Bu haqida The Telegraph xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, hozirda yangi qurilma borasida mobil operatorlari bilan muzokaralar olib borilmoqda. Yangi smartfon taqdimoti 2016 yilning oxiriga rejalashtirilgan.
Google o‘tgan yilning oxirlaridan beri o‘z smartfonini ishlab chiqarish haqida bosh qotiradi. Shu tariqa kompaniya smartfon dizayni, ishlab chiqarish jarayoni va gadjyetning dasturiy ta'minoti ustidan to‘liq nazoratni o‘z qo‘liga oladi. Gadjyetni ishlab chiqarishni Motorola'ning sobiq prezidenti Rik Osterlo nazorat qilishi kutilmoqda. U joriy yilning aprel oyidan Google'ning "temir" bo‘limini boshqarib kelmoqda.
Google rahbari Sundar Pichai shaxsiy smartfon ishlab chiqarilishi mumkinligi haqidagi savolga apparat borasidagi sheriklari bilan ham ishlashda davom etishini bildirdi. Nexus 9 plansheti kompaniyaga o‘z Pixel C'sini ishlab chiqarishga xalal bermadi.
Foto:CREDIT: PA