Fransiyada Suriya prezidenti Bashar Asadning amakisi soliqlardan qochish va pul yuvishda gumon qilinib, tekshiruv ishlari boshlandi. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatdi.
Bu ishga aloqador manbaning xabar qilishicha, Rifat al-Asad Fransiyada noqonuniy yo‘l bilan boylik orttirgan.
Ma'lum qilinishicha, o‘z jiyani hokimiyatiga qarshi bo‘lgan Rifat al-Asad shu yilning 9 iyuniga qadar kuzatuvda bo‘lgan. Qayd etilishicha, unga ayni vaqtda mamlakatni tark etish taqiqlangan. Sog‘ligidagi muammo tufayli Angliyaga borib kelish bundan mustasno.
Uning yaqinlari bergan ma'lumotga ko‘ra, uning boyligi Fransiyadagi faoliyati davomida orttirilgan.
Ma'lumot uchun, 79 yoshli Rifat al-Asad Bashar Asadning otasi, Suriyaning sobiq prezidenti Hofiz Asadning inisi bo‘lib, u 1983 yili davlat to‘ntarishga urinib, muvaffaqiyatlikka uchragach, Yevropaga ketgan.